Klett Edu

Germaniyada bemorlar parvarishi bo‘yicha tibbiyot xodimi

Toshkentda o‘qish – Germaniyada ishlash

 
 
 
blob
 

Dasturimiz

Shifoxonalar, reabilitatsiya markazlaridagi tibbiyot hamshirasi kasbi Germaniyadagi eng talabgir kasblardan biri sanaladi.

Biz Germaniyada ishlash uchun malakali tibbiy xodimlar tayyorlash imkoniyatini taklif etamiz.

image-asset.jpg
 

Hamkor-Klinikalarimiz

 

Shimoliy Germaniyadagi Meklenburg-Vorpommern yerida joylashgan ayrim klinikalar bilan mehnat shartnomalari tuziladi.

Bu mintaqa Boltiq dengizi va Boltiq mamlakatlariga yaqinligi, hayot sifati yuqoriligi va yashashning nisbatan arzonligi bilan xarakterlanadi.

 

Klinikum Güstrow

Gyustrov Meklenburg-Old Pomeraniyaning markazida joylashgan. Agar shimol tomonga yurilsa, Rostokkacha 40 km., suzish mumkin bo‘lgan Boltiq dengizigacha esa, mashinada 40 daqiqalik yo‘l.

Klinikada 16 ta bo‘lim faoliyat yuritadi, jumladan: ortopediya, insult bo‘limi, geriatriya, ginekologiya va akusherlik, kardiologiya / angiologiya / pnevmonologiya, nevrologiya, patologiya, fizioterapiya, gastroenterologiya.

Gyustrou shifoxonasi 451 koyka-joyga mo‘ljallangan.

Video Klinikum Güstrow

 

Krankenhaus Plau am See

MEDICLIN Krankenhaus Plau am See geografik jihatdan Berlin va Gamburg oralig‘ida joylashgan bo‘lib, 1995-yilda bevosita Plau ko‘lining sohilida barpo etilgan.

Shifoxona ixtisoslashuvi: neyrojarrohlik, erta B reabilitatsiyasining nevrologo-neyrojarrohlik fazasi, kross-seksiyaviy markaz, nevrologiya va insult bo‘limi, ortopediya, revmatologiya, qo‘l travmatologiyasi va jarrohligi, umumiy jarrohlik, anesteziya va intensiv terapiya, shuningdek radiologiya va neyroradiologiya.

Shifoxona 204 ta koyka-joyga mo‘ljallangan.

 

Klinik Malchower See

Malxov shahri Meklenburg ko‘li o‘lkasining markazida joylashgan. 1997-yilda qurilgan reabilitatsiya klinikasi shahar markazidan taqriban 500 m narida, bevosita Malxov ko‘li sohilida joylashgan.

Ixtisoslashuvi: ortopediya, ichki kasalliklar, bemorlar va ehtiyojmandlar (masalan, sun'iy nafas olishga) parvarishi, shuningdek multimorbid bemorlarni davolash uchun sohalararo bo‘lim.

Reabilitatsiya klinikasi 240 ta koyka-joyga mo‘ljallangan.

Video Klinik Malchower See